Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 174 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURORI O’RINBOSARI QO’SHTEPA TUMANIDA BO’LDI

×

 2022-02-22 22:07:50    130

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Sh.Sh.Uzaqov rahbarligidagi ishchi guruh bugun Qo‘shtepa tumanida bo‘lib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, sanoat korxonalari tashkil etish, aholi tomorqalaridan samarali faydalanish, aholi muammolarini tizimli hal etish, jinoyatchilikni va huquqbuzarliklarni oldini olish kabi bir qator ishlar bilan tanishdi.



O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Sh.Sh.Uzaqov tumandagi sektor rahbarlari bilan hamkorlikda “GLOBAL TEXTILE INFINITY” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lishib, yangi tashkil etilayotgan sanoat korxonasida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdilar. 




Yo‘ldoshobod mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan ishlash, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi. Hududdagi 8-umumta’lim maktabida uyushmagan yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan sport musoboqalari faoliyati bilan tanishgan Sh.Sh.Uzaqov Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan yoshlar bilan ishlashni yangicha tizimiga asosan tumanda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun kutubxona va sport muassasalarini doimiy faoliyat yuritishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.





G’ishtmon va Langar mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi hokim yordamchilari tomonidan hududni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, aholi tomorqalaridan samaraliy foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda aholi muammolarini tizimli hal etish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlar o‘rganildi. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Sh.Sh.Uzaqov tomonidan ushbu mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan hokim yordamchilariga hududda ishsizlikni kamaytirish, kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, chet elga ishlash istagida ketgan fuqarolarni yashash joyiga qaytarish va ularni doimiy ish bilan ta’minlash hamda aholining ijtimoiy muammolarini belgilangan tartib asosida hal etilishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, ushbu mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi bir qator kam ta’minlangan va extiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.



Tumanda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, onalik va bolalikni himoya qilish hamda koronavirus kasalligini tarqalishini oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Ishchi guruh tomonidan tumanda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash hamda tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy jixozlar bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.




Tuman aholisi o‘rtasida kitobxonlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Jumladan, respublika ishchi guruhi a’zolari tuman Axborot kutubxonasi hamda 11-umumta’lim maktabiga tashrif buyurishdi. Ular mazkur kutubxonada kitobxonlarga yaratilgan shart-sharoitlar, kitoblar fondi hamda aholiga xizmat ko‘rsatish sifati bilan tashidilar. Ishchi guruh rahbari tomonidan bunday kutubxonalarni tumanning barcha hududlarida tashkil etish yuzasidan berilgan ko‘rsatmalari asosida kelgusidagi bajarilishi muhum bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram