Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 79 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAXSUS TAKTIK O’QUV MASHQI TASHKIL ETILDI

×

 2022-02-22 15:32:50    169

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanida “Odamlar va hayvonlar o‘rtasida quturish kasalligi tarqalishini oldini olishda FVDqT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. 



O’quv mashqining amaliy bosqichida Qo‘shtepa tumani Tibbiyot birlashmasi tomonidan Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada hayvonlar tomonidan jarohatlangan fuqarolarga antirabik yordam ko‘rsatish, shuningdek, Obodonlashtirish boshqarmasi Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limi shaxsiy tarkibi tomonidan daydi va qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish, yo‘q qilish tadbirlari, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi tomonidan uy hayvonlarini ro‘yxatga olish, quturish kasalligiga qarshi emlash, guvoxnoma berish, quturish kasalligiga gumon qilingan hayvondan laboratoriya tekshiruvi uchun namunalar olish tadbirlari, Yuqumli kasalliklar bo‘limida quturish kasalligiga chalingan bemorni izolyatorga joylashtirish hamda simptomatik davolash tadbirlarini tashkil etish ko‘rsatib berildi. 




Maxsus-taktik o‘quv mashqida tuman hokimligi, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Tibbiyot birlashmasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish, Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlari, Obodonlashtirish boshqarmasi va mahalla fuqarolar yig‘ini raislari hamda mutaxassis xodimlar ishtirok etdilar.

O’tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashqi yakuni bo‘yicha, Qo‘shtepa tumani FVDqT xizmatlari odamlar va hayvonlar o‘rtasida quturish kasalligini tarqalishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga “Cheklangan tayyor” deb baholandi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram