Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“QUVNOQ STARTLAR” MUSOBAQASI BO’LIB O’TDI

×

 2022-02-19 14:00:10    467

PDF yuklash
Chop etish



Yangido‘kon mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Mahalla va oilani qo‘llab-quvatlash bo‘limi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda “Quvnoq startlar” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 




Musobaqada 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining qizlari 2 ta jamoa bo‘lib qatnashdi. Ishtirokchilar to‘p bilan yugurish, arg‘imchoq uchib yugurish, tup sudrab yugurish, arqon tortish, basketbol o‘yini kabi 5 shart bo‘yicha bellashdilar.



O’tkazilgan tadbir so‘ngida g‘olib jamoa “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram