Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FEVRAL OYI-“AJRIMGA QARSHI KURASHISH OYLIGI”
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/2f421cb3fa546f56375b6.jpg)
2022-02-19 12:17:46 126
![](https://telegra.ph/file/2f421cb3fa546f56375b6.jpg)
Qo‘shtepa tumani Qumtepa mahalla fuqarolar yig‘inida “Ajrimga qarshi kurashish oyligi” munosabati bilan “Oila muqaddas” mavusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat ishchi guruhi a’zosi, jurnalist X.Karimova, tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Mo‘ydinova, tuman IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Vaxobova, tuman xotin-qizlar targ‘ibot guruhi rahbari D.Yusupova shuningdek, mahalla imomi va faollari ishtirok etdilar.
![](https://telegra.ph/file/b8a7f9c9f591368dbb168.jpg)
Davra suhbati davomida erta nikoh, ajrimlarning salbiy oqibatlari, oilaviy nizolarni samarali usulda hal etish, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini oshirish borasida tizimli ishlarni amalga oshirish masalalari o‘rtaga tashlandi. Aniq chora-tadbirlarga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.