Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“YANGI O’ZBEKISTON YOSHLARI KELAJAK POYDEVORI”
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/cef85b7bb203e511ac3ac.jpg)
2022-02-16 20:17:21 167
![](https://telegra.ph/file/cef85b7bb203e511ac3ac.jpg)
![](https://telegra.ph/file/3a13885c7797c261e541b.jpg)
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-sonli “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘shtepa tumanidagi G’ishtmon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yoshlar o‘rtasida “Yangi O’zbekiston yoshlari kelajak poydevori” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.
![](https://telegra.ph/file/6c2dd6cd0544c2da785df.jpg)
![](https://telegra.ph/file/10075f48cc6d8e29f504f.jpg)
Tuman hokimligi, Sharqiy harbiy okrugi harbiy qismlari hamda Milliy gvardiyaning Farg‘ona viloyati boshqarmasi bilan o‘zaro hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari F.Qosimov, tuman hokimi I.Novikov, DXX Marg‘ilon shahar bo‘limi boshlig‘i Sh.Xatamov va sektor rahbarlari va nuroniylar ishtirok etishdi.
![](https://telegra.ph/file/4ea6c67bae342fe65aac5.jpg)
![](https://telegra.ph/file/c2c085e80540dabf5f902.jpg)
Tadbir davomida “Salomatlik sari 5000 qadam” yurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida badantarbiya mashqlari, mini futbol, voleybol, stol tennisi, arqon tortish, tosh ko‘tarish, kamondan o‘q otish, havoli quroldan o‘q otish, milliy kurash, shaxmat-shashka, “Osh tayyorlash” ko‘rik tanlovi, IT yo‘nalishida “kibersport” bellashuvi, “Zakovat” intelektual o‘yini hamda “Bir nuroniyga o‘n nafar yosh” loyihasi doirasida nuroniy va yoshlar uchrashuvi kabi 15 turdagi ma’naviy-ma’rifiy bellashuvlar va sport musoboqalari bo‘lib o‘tdi.
![](https://telegra.ph/file/74f6df5de29f923158127.jpg)
![](https://telegra.ph/file/fa8bf1f49fdce87208c0e.jpg)
Tadbir so‘ngida g‘oliblar homiylar tomonidan esdalik sovg‘lari bilan taqdirlandilar.