Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 193 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ALISHER NAVOIY 581 YOSHDA

×

 2022-02-09 16:24:08    141

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi tuman Kengashi, tuman Xalq ta’limi bo‘limi, Madaniyat bo‘limi, shuningdek, Mahalla xayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari Qo‘shtepa tumanida ko‘tarinki ruhda nishonlandi.




Tuman Madaniyat makazida va maktablarda bo‘lib o‘tgan tadbirlarda Alisher Navoiy ijodidan g‘azallar, ruboiylar aytildi. Shuningdek, uning bosib o‘tgan yo‘llari, davlat boshqaruvida amalga oshirgan ishlari borasida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Milliy raqslar va Madaniyat xodimlari tomonidan Navoiy ijodiy g‘azallaridan qo‘shiqlar kuylandi.




Tadbirda so‘z olganlar buyuk mutafakkirning hayoti, ijodi, jahon hamjamiyati, xususan dunyo adabiyotida tutgan o‘rni haqida keng ma’lumot berdilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram