Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 187 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-02-08 20:04:45    131

PDF yuklash
Chop etish



Bugun tuman hokimligida mutasaddi rahbarlar, tuman hokimining mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi yordamchilari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirokida aholiga ijara asosida yer maydonlari ajratish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Mas’ul rahbarlarga Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov tomonidan ijara asosida ajratilishi rejalashtirilgan yer maydonlarini asosan ehtiyojmand oila a’zolari hamda ishsiz fuqarolarga ajratilishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tuman Mudofa ishlari bo‘limi xodimlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari harbiy hisob stoli bo‘limi boshliqlari ishtirokida tumanda Safarbarlik chaqiruvi rezervidan bo‘lgan qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tuman hokimi tomonidan mavjud qarzdorliklarni qisqa muddatda bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tuman rahbari Solijonobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Vodiy nasilli quyonlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishib, tadbirkorga eksportni yo‘lga qo‘yish, faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflar berildi.



Tuman hokimi Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘ini, Tinchlik ko‘chasida yashovchi mahalla fuqarolar yig‘ini “Temir daftar”ida turuvchi fuqaro Feruza Badalovaning yashash xonadonida xomiylar tomonidan olib borilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. Mas’ul rahbarlarga qurilish ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

“Qumtepa Qamishtepa” MMTP hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Nasibaxon Xabibaxon” fermer xo‘jaligida sektor rahbarlari, tumandagi qishloq xo‘jaligi tashkilotlari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida “Tumanda 2022 yil hosili uchun parvarishlanayotgan boshoqli don ekinlarida zang kasalliklarini tarqalishini oldini olish va ularga qarshi kurash” yuzasidan seminar o‘tkazildi. Tadbirni tuman hokimi ochib, 2022 yil hosili uchun yetishtirilayotgan boshoqli don maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish hamda zang kasalliklarini tarqalishini oldini olish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram