Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 120 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FUQAROLARGA PENSIYA VA NAFAQALARNI TAYINLASHDA QULAY SHAROITLAR YARATISH, AHOLINING IJTIMOIY HIMOYASINI KUCHAYTIRISHGA XIZMAT QILADI

×

 2022-02-07 19:53:55    136

PDF yuklash
Chop etish



Mamlakatimizda bola tarbiyalayotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimining samaradorligini oshirish, ijtimoiy himoya va ko‘makka muhtoj oilalar moddiy ta’minotini kuchaytirish, ehtiyojmand oilalarni aniqlashda umum-e’tirof etilgan xalqaro standartlarni va avtomatlashgan shaffof elektron baholash mexanizmlarini joriy etish orqali nafaqalarni to‘lash tizimini yaratish, bolalar salohiyatini rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratish, aholini manzilli ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, yolg‘iz keksalarga pul yordami ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish va samaradorligini yanada oshirish maqsadida  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 oktyabr kungi «Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 654-sonli qarori imzolangan.

Mazkur Qarorga muvofiq 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab shunday tartib o‘rnatildi, unga muvofiq 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga to‘lgunga qadar uni parvarish qilish nafaqasi o‘rniga kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etildi. Bunda bolalar nafaqasini tayinlashda inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshirildi. Nafaqalar to‘lov muddati 6 oydan 12 oygacha uzaytirildi. Bu ko‘makka muxtoj oilalar moddiy ta’minotini kuchaytirishga qaratilgan e’tibordan dalolat beradi. Nafaqaning miqdorini oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilash tartibi qo‘llanila boshladi. Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlashda yakka-yolg‘iz fuqarolarga farzandi bo‘lmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanish tartibi joriy etildi. 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab bolalar nafaqasi va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lovlarining quyidagi miqdorlari belgilandi:

Bolalar nafaqasining xar oylik miqdori 250 000 so‘m 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun.

325000 so‘m – yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan 1 ta kichik farzandi uchun

150 000 so‘m – oilanig 2 farzandi uchun

100 000 so‘m – oilaning 3 va undan keyingi xar bir farzandi uchun qo‘shimcha qo‘shib hisoblanishi belgilandi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi «Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini moddiy qo‘llab quvvatlash tizimini yanada takomillashtrish to‘g‘risida»gi PF-58-son va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 27 martdagi «2003 yilning 1 aprelidan boshlab uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha beriladigan imtiyozlar o‘rniga kompensatsiya pul to‘lovlarini joriy etish to‘g‘risida»gi PF-3227-son Farmoniga muvofiq imtiyozli toifadagi shaxslar uchun uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha qonunchilik asosida beriladigan imtiyozlar o‘rniga oylik kompensatsiya pul to‘lovlari joriy etildi.

Farmonga ko‘ra 2022 yil 1 martdan boshlab:

-kompensatsiya to‘lovi, uni olish huquqiga ega bo‘lgan barcha imtiyozli toifadagi shaxslar (kompensatsiya pul to‘lovlari oluvchilar O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010 yil 30 dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 2175)ga,  ushbu shaxslarning pensiya (ijtimoiy nafaqa) olishi yoki olmasligi hamda mehnat faoliyatini olib borishi yoki olib bormasligidan qat’i nazar to‘lab borilishi;

- ijtimoiy nafaqa oluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslarga kompensatsiya to‘lovi joriy etiladi.

Bunda, ijtimoiy nafaqa oluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslar uchun har oylik kompensatsiya to‘lovi – pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 45 foizi miqdorida to‘lanishi;

- yoshi 100 ga to‘lgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda – pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilandi.

Bunda, 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar nafaqasiga har oyda to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lov pensiya va nafaqa tayinlangan tashkilot orqali respublika byudjeti va byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi belgilandi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-60-son Farmoniga asosan Fuqarolarning pensiya miqdorlari mamlakatning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga muvofiq izchil oshib borishini ta’minlash, Xalqaro tamoyil va standartlarga muvofiq ko‘p bosqichli va davlat tomonidan kafolatlangan pensiya ta’minoti tizimini joriy qilish, Fuqarolardan ortiqcha hujjatlar talab qilmasdan idoralararo elektron ma’lumot almashinuvi asosida pensiya tayinlash tizimiga o‘tish belgilandi. Shunigdek, 2023 yil 1 yanvardan boshlab-pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n barobaridan o‘n ikki barobarigacha oshirilishi, ayollarga pensiya hisoblashda ularning bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqtining hammasini jamlaganda ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan 3 yillik davrni 6 yilga oshirish hamda bolalikdan nogironligi bo‘lgan bolalarga 18 yoshgacha qaralgan davrni pensiya tayinlashda ish stajiga qo‘shib hisoblash belgilandi.

Mazkur Farmonlar fuqarolarga pensiya va nafaqalarni tayinlashda qulay sharoitlar yaratish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Qo‘shtepa tumani bo‘limi. 



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram