Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 176 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-02-07 19:11:41    105

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov tumanda kichik biznes, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag‘batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tuman hokimligida o‘zining navbatdagi qabulini o‘tkazdi. Qabulda tumanda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan 5 nafar tadbirkorlar turli masalalar bilan ishtirok etishdi. Qabul davomida ko‘tarilgan taklif va muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilanib, tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.



Tuman hokimi Mumtoz va Istiqlol mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi hamda Yoshlar ishlari agentligi vakiliga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi. Mas’ul rahbarlarga hokim yordamchisi va yoshlar vakili ish faoliyatini samarali tashkil etish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ajratilgan xonalarni zamonaviy orgtexnika vositalari va mebel jihozlari bilan ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman rahbari Mumtoz mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Zebran” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishib, tadbirkorga eksportni yo‘lga qo‘yish, faoliyatini yanada kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan o‘zining tegishli takliflarini berdi.



Tuman hokimi Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 17-umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasada qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas’ul rahbarlarga qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda bitiruvchilarni oliy-ta’lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo‘shimcha fan to‘garaklari foliyatini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.



Tuman Madaniyat bo‘limi tasarrufidagi “Istiqlol” madaniyat markazida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganilib, tuman hokimi tomonidan mutasaddi rahbarlarga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda “Navro‘z” umumxalq bayrami arafasida foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



“Texmashservis” mas’uliyati cheklangan jamiyatida g‘alla o‘rim kombaynlari hamda OVXlarni mavsumga tayyorlash yuzasidan olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishib, mas’ul rahbarlarga ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram