Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 116 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-02-04 22:03:27    128

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari rahbarligida Farg‘ona viloyati Tadbirkorlar uyida “Investitsiya loyihalarini ishga tushirish, eksport ko‘rsatkichlarini bajarish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish” yuzasidan o‘tkazilgan uchrashuvda ishtirok etdi.

Tuman rahbari tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi qoshida tashkil etilgan aholini kasbga o‘qitish markazi faoliyati bilan tanishib, mas’ul rahbarlarga aholini kasbga o‘qitish ishlarini tizimli tashkil etish hamda bitiruvchilarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha o‘z ko‘rsatmalarini berdi.



Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda ijobiy hal etish maqsadida, tuman hokimining Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida 10 nafar fuqarolar turli masalalar bilan murojaat qildilar. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflarni o‘rganib chiqib, ijobiy hal etish yuzasidan mas’ul korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.



Tumanda yoshlar bilan ishlashni tizimli tashkil etish, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda muammolarini hal etish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, bugun Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirokida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuv davomida 9 nafar yoshlar turli taklif va muammolar bilan murojaat qilishdi. Tuman hokimi tomonidan uchrashuvda ko‘tarilgan taklif va muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.

Tuman Yoshlar markazida mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi Yoshlar ishlari agentligi vakillarini ish faoliyatlarini samarali tashkil etish, yoshlarni bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish hamda yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga yoshlar vakillariga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda faoliyatlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman rahbari Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 19-umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasada qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas’ul rahbarlarga qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda bitiruvchilarni oliy-ta’lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo‘shimcha fan to‘garaklari foliyatini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.



Tuman rahbari Fayz mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Fayzli Umarjon Umidjon” oilaviy korxonasi faoliyati bilan tanishib, tadbirkorga eksportni yo‘lga qo‘yish, faoliyatini kengaytirish, hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflarini berdi.

Shuningdek, “Texmashservis” mas’uliyati cheklangan jamiyatida g‘alla o‘rim kombaynlari hamda OVXlarni mavsumga tayyorlash yuzasidan olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishib, mas’ul rahbarlarga ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram