Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 154 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-02-01 18:51:43    124

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi xalq qabulxonasida o‘zining navbatdagi qabulini o‘tkazdi. Qabulda turli muammo va takliflar bilan kelgan 38 nafar fuqarolar moddiy yordam ajratish, ish bilan ta’minlash, elektr va suv ta’minoti, bank, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik, kadastr va shu kabi muammolar bilan qatnashdilar. Tuman hokimi tomonidan qabul jarayonida har bir murojaatga alohida e’tibor berilib, ushbu murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan ma’sullarga muddatlar belgilangan holda tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shomirza mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi hamda Yoshlar ishlari agentligi vakiliga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga hokim yordamchisi va yoshlar vakili ish faoliyatini samarali tashkil etish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ajratilgan xonalarni zamonaviy orgtexnika vositalari va mebel jihozlari bilan ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman rahbari Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 23-umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasada qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas’ul rahbarlarga qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda bitiruvchilarni oliy-ta’lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo‘shimcha fan to‘garaklari foliyatini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.



Tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 39-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, qish mavsumini betalofat o‘tkazish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman Tibbiyot bilashmasi tasarrufidagi “O’zbekiston” shifokor xizmat uyida bo‘lgan tuman hokimi muassasada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas’ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



Tadbirkor B.Ro‘ziyev tomonidan Shomirza mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilgan plastik eshik va romlar ishlab chiqarish tsexi faoliyati bilan tanishgan tuman hokimi tomonidan tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflar berildi.



Tumanda aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, bugun tuman hokimi mas’ul tashkilot rahbarlari bilan birgalikda Yo‘ldoshobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qilayotgan imkoniyati cheklangan 1-guruh nogironi N.Oxunovning xolidan xabar oldilar va unga zamonaviy nogironlik aravachasi yetkazib berildi.



Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari A.O’rinboyev rahbarligida tumanda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “FERGANA GLOBAL TEXTIL” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida sanoat korxonasi tashkil etish yuzasidan olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishildi. Viloyat hokimining o‘rinbosari A.O’rinboyev tomonidan olib borilayotgan qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda loyihani amalga oshirish yuzasidan tegishli takliflar berildi.

Shuningdek, “Yoshlar markazi”da Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari A.O’rinboyev rahbarligida tuman hokimining mahalla fuqarolar yig‘indaridagi yordamchilari ish faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. A.O’rinboyev tomonidan mutasaddi rahbarlarga hokim yordamchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mahallalarda olib borilayotgan xatlov ishlarini sifatli bajarish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram