Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 172 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2022-02-01 18:20:56    161

PDF yuklash
Chop etish



Joriy yil 31 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali “Sabrimiz tugadi hokim bizni aldayapti” sarlavhali tanqidiy video murojaat e’lon qilindi.

Namuna mahalla fuqarolar yig‘ini aholisining mahalla hududidagi Voris ko‘chasida joylashgan, 1957 yilda hashar yo‘li bilan qurilgan bino-inshoatni auktsion savdolariga qo‘yilishidan norozi bo‘lib, mahalla aholisi ixtiyorida qoldirishlarini so‘rab qilgan murojaatlari Qo‘shtepa tumani hokimligi ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi.

O’rganish davomida ushbu bino-inshoot 532,0 kv metrdan iborat ekanligi, ikki qavatli hamda huquqiy hujjatlari mavjud emasligi hozirda eski holatda ekanligi, mahalliy tadbirkorlar tomonidan hech qanday huquqiy xujjatlarsiz foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.

Hozirgi kunda ushbu bino-inshoat eski holatda ekanligi mahalla markazida joylashganligi hamda mahalliy aholini yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlash hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 oktyabr, kungi “Davlat mulki ob’ektlarini va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik sub’ektlariga sotish tartibini soddalashtirish  bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5552-sonli Farmoni talablari asosida auktsion savdolariga qo‘yish rejalashtirilgan. Lekin, mahalla aholisi auktsion savdolariga chiqarmasdan mahalla aholisi ixtiyorida qoldirishni so‘rab norozi bo‘lib kelmoqda.

Ishchi guruh tomonidan ushbu bino-inshoatlarni auktsion savdolariga qo‘yish ishlari mahalla fuqarolari yig‘inida yashovchi fuqarolarning talab-istaklarini inobatga olgan holda belgilangan tartibda, qonun hujjatlari asosida amalga oshirilishi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyun kungi “Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-sonli Farmoniga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlariga oid vakolatlari, ular yuzasidan qaror, farmoyish yoki boshqa turdagi hujjat qabul qilish huquqi 2021 yil 1 avgustdan bekor qilinganligi, fuqarolar tomonidan ushbu bino-inshootni fuqarolarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bepul berilishini so‘rab qilayotgan murojaatlari hozirgi kundagi huquqiy hujjatlarga to‘g‘ri kelmasligi, bu bilan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi hukumat qarorlariga zid ravishda harakat qilayotganliklarini, yer maydoni hamda bino-inshoatlarni “E-Ijro Auksion”orqali belgilangan tartibda sotib olishlari mumkinligi tushuntirildi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan keltirilgan vajlar asossiz bo‘lganligi sababli o‘z isbotini topmadi. Ularning bunday murojaatlari yaroqsiz holga kelib qolgan bu bino o‘rniga shu hududda yangi zamonaviy xizmat ko‘rsatish kompleksini qurish va unda yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali, hududdagi ko‘plab ishsiz aholini doimiy bandligini ta’minlashga to‘siq bo‘layotganlikligi yana bir bor  tushuntirildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram