Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“KORRUPTSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/933dc9de47ed0aeb07e9e.jpg)
2022-01-26 13:15:29 144
![](https://telegra.ph/file/933dc9de47ed0aeb07e9e.jpg)
Korruptsiya davlat va jamiyatning rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadigan salbiy illatlardan sanaladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Korruptsiya va boshqa nojo‘ya xatti-harakatlarni sodir etilishini oldini olish hamda “Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunni shuningdek, so‘nggi paytlarda mamlakatimizda qabul qilingan bir qator yangi va O’RQ-734, O’RQ-744-sonli Qonunlarning mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirish maqsadida, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudining raisi A.Ergashev tomonidan joylarda davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
![](https://telegra.ph/file/9bad81db3f2d5629055c0.jpg)
Navbatdagi davra suhbati tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib o‘tdi. Unda tibbiyot xodimlari ishtirok etdilar va suhbat davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham batafsil javob oldilar.