Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 191 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SODIR BO’LISHI MUMKIN BO’LGAN XAVF-XATARLARNING OLDINI OLISH MAQSADIDA, KESKIN CHORALAR KO’RILMOQDA

×

 2022-01-05 10:18:23    153

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ekatlari, ko‘p kvartirali uy-joy fondini hamda savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini 2021-2022 yilgi qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 dekabrdagi «Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan viloyat va tuman hokimlarining qarori ham e’lon qilingan bo‘lib, ushbu Qaror bo‘yicha tumanda ishchi guruh tuzildi. Qaror mazmuni ishchi guruhga to‘liq tushuntirildi. Kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish uchun ishchi guruh vazifalari to‘liq taqsimlandi.




Shuningdek, Qo‘shtepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan joylarda targ‘ibot tadbirlari, aholi bilan profilaktik suhbatlar tashkil etilib, yong‘in, chaqnash, is gazidan zaharlanishga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Joylarda o‘z manfaatini o‘ylab, noqonuniy tortib olingan gaz quvirlari tarmoqdan uzilmoqda. Rezinali (kapronli) gaz ballonlaridan foydalanilayotgan fuqarolar ogohlantirilib, qoida buzarlik xolatlari joyida bartaraf etilmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram