Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 257 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BOLAJONLARGA BAYRAM SOVG’ALARI ULASHILDI

×

 2021-12-31 13:43:29    145

PDF yuklash
Chop etish



Yurtimiz bo‘ylab yangi yil shukuhi kezmoqda. Joylarda bayram munosabati bilan yo‘qlovlar, bayram shodligini ulashish davom etmoqda.

Mana shunday bayramlarda keksalar va bemorlarni yo‘qlash, alohida himoyaga muxtojlar holidan xabar olish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash yurtimizda an’anaga aylangan. Qo‘shtepa tumanidagi MTBda bo‘lib o‘tgan tadbir ham ayni shu maqsadda o‘tkazildi. Bayram arafasida tumanimizdagi DMTTlarda tarbiyalanayotgan boquvchisini yo‘qotgan oila farzandlarining 12 nafariga alohida e’tibor ko‘rsatildi.

Bo‘lib o‘tgan tadbirda sektor rahbarlari va tegishli idoralarning mas’ullari ishtirok etdilar.

Tadbirda dastlab Qo‘shtepa tumani hokimi Ilyosbek Novikov so‘z olib, ishtirokchilarni Yangi yil bayrami bilan tabrikladi.

Shundan so‘ng sektor rahbarlari hamda Qorbobo va Qorqiz ishtirokida bolajonlarga yangi yil sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, yil sarhisobi sifatida tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 32,13,22-DMTTlarning faoliyati yuqori baholanib, ular tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram