Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 255 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HECH KIM MEHR VA E'TIBORDAN CHETDA EMAS

×

 2021-12-29 16:21:00    186

PDF yuklash
Chop etish



Yurtimiz bo‘ylab yangi yil shukuhi kezmoqda. Joylarda bayram munosabati bilan yo‘qlovlar, bayram shodligini ulashish davom etmoqda.

Mana shunday bayramlarda keksalar va bemorlarni yo‘qlash, alohida himoyaga muxtojlar holidan xabar olish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash yurtimizda an’anaga aylangan. Qo‘shtepa tumanidagi “Madaniyat markazi”da bo‘lib o‘tgan tadbir ham ayni shu maqsadda o‘tkazildi. Bayram arafasida tumanimizdagi 20 nafar ota-onasidan qarovsiz qolgan chin yetim bolalarga alohida e’tibor ko‘rsatildi.




Bo‘lib o‘tgan tadbirda sektor rahbarlari va tegishli idoralarning mas’ullari ishtirok etdilar.



Tadbirda dastlab Qo‘shtepa tumani hokimi Ilyosbek Novikov so‘z olib, ishtirokchilarni Yangi yil bayrami bilan tabriklab, mamlakatimizda yosh avlodning har tomonlama sog‘lom va barkamol ulg‘ayishi, zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha imkoniyat yaratilganini ta’kidladi. 






Shundan so‘ng davraga Qorbobo va Qorqiz ham tashrif buyurdi. Sektor rahbarlari hamda Qorbobo va Qorqiz ishtirokida bolajonlarga yangi yil sovg‘alari topshirildi.  




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram