Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KAM TA'MINLANGAN OILALARGA PUL TARQATISH DAVOM ETMOQDA
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/5dee71ad163c54778c954.jpg)
2021-12-28 19:02:20 120
![](https://telegra.ph/file/5dee71ad163c54778c954.jpg)
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni davom ettirish, ushbu toifa vakillarining Yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda va munosib nishonlashini ta’minlash maqsadida Prezidentimizning 2021 yil 21 dekabrdagi “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘shtepa tumanida ham ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga belgilangan pul mablag‘larini tarqatish ishlari davom etmoqda.
![](https://telegra.ph/file/3a508d4ac6b2535248455.jpg)
Qo‘shtepa tumani hokimi I.Novikov hamda sektor rahbarlari boshchiligida tumandagi kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga 800 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.