Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 233 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“HARBIY VATANPARVARLIK OYLIGI” DOIRASIDAGI TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

×

 2021-12-22 14:51:12    232

PDF yuklash
Chop etish


“Harbiy vatanparvarlik oyligi” munosabati bilan  Qo‘shtepa tumanidagi navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Sharqiy harbiy okrugiga qarashli 48982 harbiy qism, Sharqiy harbiy okrug targ‘ibot guruhi, Mudofaaga ko‘maklashuvchi Vatanparvar tashkiloti hamda boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.


Tadbir davomida qism harbiy xizmatchilari tomonidan qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishi namoyish etildi. Tadbirga tashrif buyurgan yoshlar qurol-aslahalar, harbiy texnikalar bilan bevosita tanishdilar.

Shuningdek, madaniyat xodimlari tomonidan harbiy vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlar taqdim etildi.

Tadbir davomida “Biz Vatanparvarmiz” mavzusida davra suhbati ham o‘tkazilib, o‘quvchilar harbiy texnikalarning jangovar imkoniyatlari va boshqa o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.