Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“SIYOSIY MA'RIFAT SOATI” BO’LIB O’TDI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/db24b87085af85c42a54c.jpg)
2021-12-17 10:33:10 158
![](https://telegra.ph/file/db24b87085af85c42a54c.jpg)
Bugun, 17 dekabr kuni Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, barcha tuman va shahar hokimliklari xodimlari uchun videokonferentsiya shaklida siyosiy-ma’rifiy o‘quv soati bo‘lib o‘tdi.
Siyosiy ma’rifat soati O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Davlat boshqaruvi akademiyasi hamkorligida tashkil etib kelinmoqda.
![](https://telegra.ph/file/e0b2d52d7eeadf375b4da.jpg)
![](https://telegra.ph/file/e4a4a3440c1ee930c8c73.jpg)
![](https://telegra.ph/file/8796fe1fa4295c0b066e1.jpg)
Haftaning har juma kunlari tashkil etilayotgan “Siyosiy-ma’rifat soati”da Qo‘shtepa tumani hokimligi xodimlari ham faol ishtirok etmoqdalar.
Bugungi iiyosiy-ma’rifiy soatda Spikerlar quyidagi masalalarga to‘xtalib o‘tishdi:
Mavzu: Yoshlar forumi - 2021
Ma’ruzachi: Jo‘rayev Sardor Azamovich, Yoshlar ishlari agentligi Yoshlarga oid dasturlar va loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi boshlig‘i,
Mavzu: Davlat xizmatchilarining etikasi
Ma’ruzachi: Sa’diyeva Go‘zal Olimovna, Davlat boshqaruvi akademiyasi dotsenti,
Mavzu: Huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati)
Ma’ruzachi: Rajaboyev Dilmurod Kuldash o‘g‘li, Adliya vazirligi bosh maslahatchisi.
Shuningdek, o‘quv soatida O’zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ham ma’lumot beriladi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.