Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 234 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OTINOYILARINING NAVBATDAGI O’QUV MASHG’ULOTI O’TKAZILDI

×

 2021-12-15 16:44:47    119

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo‘shtepa tumanidagi “Muborak” jome masjidida tuman otinoyilarining navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Tadbirda tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Mo‘ydinova, tuman xotin-qizlar jamoatchilik Kengashi a’zosi D.Yusupovalar ishtirok etdi.

O’quv mashg‘ulotida bugungi kunda tumanimizdagi eng dolzarb masalalardan biri oilalarda ijtimoiy ma’naviy muxitni sog‘lomlashtirish, oilalar mustaxkamligi va barqarorligini ta’minlash, oilaviy ajralishlarni oldini olish, xotin-qizlar o‘rtasidagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurash masalalarida otinoyilar oldida turgan vazifalar muhokama qilindi.



Tadbir davomida yangi yil bayrami munosabati bilan tuman xotin-qizlar jamoatchilik kengashi, mahalla targ‘ibotchilar guruhi hamda otnoyilar hamkorligida “Oilam mening baxtim” deb nomlangan aktsiya o‘tkazish va tuman FHDYo bo‘limiga, fuqarolar ishlari bo‘ycha Marg‘ilon shahar tumanlar aro sudiga oilaviy ajralish masalasida ariza bergan oilalar, vaqtincha arazlab o‘tirgan kelinlarning manzilli ro‘yxatlari asosida guruhlarga bo‘lingan xolda mahallalarda yurib, yarashtirish choralarini ko‘rishga kelishib olindi.

Shuningdek, 12 dekabr qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan 2021 yil paxta yig‘im-terimi mavsumida o‘z tashabbusi bilan faol qatnashgan otinoyilar rag‘batlantirildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram