Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YANGI YIL YARMARKALARIGA MARHAMAT
2021-12-13 13:51:27 97
Yangi yil bayrami munosabati bilan barcha hududlarda bo‘lgani kabi Qo‘shtepa tumanida ham qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlarining savdo yarmarkalari tashkil etildi.
Ayniqsa, Qo‘shtepa tumanining Qumtepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Dehqon bozori” oldida tashkil etilgan yarmarkada barcha turdagi mahsulotlar bo‘lib, ko‘plab qayta ishlash korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklar, dehqonlar turli xil oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan aholiga xizmat ko‘rsatmoqdalar. Yarmarkadan joy olgan 30 dan ortiq turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bozorga nisbatan arzonligi bilan aholiga manzur bo‘lmoqda.
Hurmatli Qo‘shtepaliklar sizlarni ushbu yarmarkaga taklif etamiz.
Eslatib o‘tamiz, Yangi yil bayram yarmarkasi 2022 yilning 10 yanvar kuniga qadar davom etadi.