Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM YORDAMCHILARI MALAKA OSHIRISHMOQDA
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/75e86b1ff03124fe28af0.jpg)
2021-12-10 15:29:03 129
![](https://telegra.ph/file/75e86b1ff03124fe28af0.jpg)
Prezidentimizning 2021 yil 3 dekabrdagi qaroriga asosan, fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishga moliyaviy ko‘maklashish, ularning daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash maqsadida 2022 yil 1 yanvardan e’tiboran butunlay yangi tizim – har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimi joriy etilmoqda.
![](https://telegra.ph/file/be0f3674e45946aca3bbb.jpg)
![](https://telegra.ph/file/4c60c37db942435afa110.jpg)
Qo‘shtepa tumanida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hokim yordamchilari va Mahallabay ishlash markazi xodimlari uchun yangi joriy etilayotgan tizimning tub mohiyati va samarali faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha malaka oshirish kursi tashkil etildi.
![](https://telegra.ph/file/e503088806036067b3656.jpg)
![](https://telegra.ph/file/ecb99a664f24e345b6076.jpg)
“Yoshlar markazida” bo‘lib o‘tayotgan seminar-trening va amaliy mashg‘ulotlar shu yilning 30 noyabridan 4 dekabriga qadar Farg‘ona davlat universitetida muvaffaqqiyatli malaka oshirgan trenerlar tomonidan olib borilmoqda.
![](https://telegra.ph/file/571592e9d2c936ae66195.jpg)
![](https://telegra.ph/file/647941d2d157148ca39fc.jpg)