Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO’SHTEPADA AYOLLAR VA QIZLAR O’RTASIDA VELOMARAFON BO’LIB O’TDI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/4a7f7f2239242db541293.jpg)
2021-12-04 17:06:10 110
![](https://telegra.ph/file/4a7f7f2239242db541293.jpg)
Bugun, 4 dekabr kuni Qo‘shtepa tumanida “Biz xotin-qizlar gender zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida ayollar va qizlar o‘rtasida velomarafon bo‘lib o‘tdi. Marofonda 40 nafar xotin-qizlar ishtirok etdilar.
Ko‘tarinki ruhda o‘tgan velomarafonda ayollar va qizlar faol ishtirok etdilar. Tadbir ishtirokchilari Xalqobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabidan Xo‘jaqishloq mahalla fuqarolar yig‘iniga qadar bo‘lgan 6 kilometr masofani bosib o‘tdilar.
![](https://telegra.ph/file/d18a0bd20bb4b3b8bb37f.jpg)
Tadbir ishtirokchilari madaniy dam olib, jismoniy jixatdan kuch to‘pladilar. Marafonda qatnashgan ishtirokchilar orqali ularning oilalariga sog‘lom turmush tarzi targ‘ib qilindi.
![](https://telegra.ph/file/80d241ad8e4bcc66cc4b9.jpg)
Velomarafon ishtirokchilariga tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Mo‘ydinova tuman hokimligining diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdi.