Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/b693b9e1c08660b507d7a.jpg)
2021-12-03 21:00:10 209
![](https://telegra.ph/file/b693b9e1c08660b507d7a.jpg)
Qo‘shtepa tumanidagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 400 o‘rinli bino qayta ta’mirlandi va 240 o‘rinli bino qurib foydalanishga topshirildi.
![](https://telegra.ph/file/d6eeda0077cec017c031b.jpg)
![](https://telegra.ph/file/5f938a75a92ecd2812838.jpg)
Xo‘jaqishloq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan mazkur maktabda “Investitsiya” dasturi doirasida bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi va 3 milliard 900 million so‘mga kapital ta’mirlash ishlari olib borildi va 240 o‘rinli bino “Zaman building” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan zamon talabi asosida did bilan qurib bitkazildi.
30-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1975-1980 yillarda qurib bitkazilgan bo‘lib, 400 o‘ringa mo‘ljallangan edi. Maktab endilikda zamon talablariga javob beradigan, butunlay yangi ko‘rinishga keldi. Maktabda bugungi kunda 620 nafar o‘quvchilarga 40 nafar pedagoglar tomonidan bilim berib kelinmoqda.
![](https://telegra.ph/file/b1853e3c9b8e64d432504.jpg)
![](https://telegra.ph/file/2e8871a589a0b0dc21425.jpg)
Maktabda bo‘lib o‘tgan bugungi tadbirda sektor rahbarlari, tuman xalq ta’limi bo‘limining mas’ullari, nuroniylar, ustoz muallimlar, o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdilar.
Tadbirni tuman hokimi I.Novikov ochib, Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tomonidan ta’lim sohasiga berilayotgan e’tiborlari natijasida so‘ngi besh yil davomida ko‘plab ta’lim muassasalari qayta ta’mirlanayotganligi hamda yangi zamonaviy binolar qurib bitkazilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
![](https://telegra.ph/file/5d17ccbc463279346468f.jpg)
![](https://telegra.ph/file/64934f12883d643a238e9.jpg)
Tadbir davomida maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etilib, qurilish-ta’mirlash ishlarida o‘zining fidokorona mehnati bilan namuna ko‘rsatgan quruvchilarga tuman hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.