Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 209 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

90 O’RINLI YANGI MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2021-12-03 20:30:25    143

PDF yuklash
Chop etish



Farg‘ona viloyati hokimi X.Bozarovning tashabbusi bilan bog‘cha yoshidagi bolalar qamrovini oshirish maqsadida hududlarda yengil tipdagi qo‘shimcha binolar qurilmoqda. Jumladan, bugun Qo‘shtepa tumanidagi Maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida yengil tipda yangi qurib bitkazilgan 90-o‘rinli binoning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu qurilishga mahalliy byudjet hisobidan 463 mln so‘m mablag‘ sarflandi.




Bo‘lib o‘tgan tadbirda Sektor rahbarlari, Maktabgacha ta’lim bo‘limining mas’ullari, mahalla nuroniylari, bog‘cha jamoasi, tarbiyalanuvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdilar.





Tadbirni tuman hokimi I.Novikov ochib, Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tomonidan ta’lim sohasiga berilayotgan e’tiborlari natijasida so‘nggi besh yil davomida ko‘plab ta’lim muassasalari qayta ta’mirlanayotganligi hamda yangi zamonaviy binolar qurib bitkazilayotganligini ta’kidlab, hudud aholisini yangi bino bilan tabrikladi.



Tadbir davomida jajji bolajonlarning musiqiy chiqishlari barchaga birdek manzur bo‘ldi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram