Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 259 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2021-12-03 19:22:27    134

PDF yuklash
Chop etish



Bugun 3-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali tanqidiy murojaat e’lon qilingan edi.

Ushbu murojaatda: – “ Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Shomirza MFY aholisi nomidan yozmoqdamiz. Mahallamizda joylashgan, aholiga tibbiy xizmat qiluvchi O’zbekiston QVP 2017 yilda qisqartirilib xizmat uyiga aylantirilgan. Ammo ushbu muassasa hozirda ham aholiga xizmat qilmoqda. Bino deyarli avariya holatida, ta’mirtalab. Qish kunlari xonalari isimaydi. Bundan tashqari, atigi bir shifokor ishlaydi. Bemorlar navbat kutib qoladi. Yurtimizdagi ko‘plab tibbiyot maskanlari zamonaviy tarzda ta’mirlanmoqda. 9500 ga yaqin aholiga xizmat ko‘rsatuvchi QVPni ham qayta tiklab, ta’mirlab berishlarini so‘raymiz” – deya shikoyat qilingan.         

Shomirza MFY aholisi nomidan yozilgan murojaatga tuman tibbiyot birlashmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

– “Murojaatda ko‘rsatib o‘tilgan sobiq O’zbekiston qishloq vrachlik punkti (QVP) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29-mart kunidagi PQ-2857-sonli Qarori bilan tumanda jami faoliyat olib borgan 16 ta qishloq vrachlik punktlari maqbullashtirilib, tuman aholisiga malakali va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida qishloq oilaviy poliklinikalari va hudud aholisiga kechayu-kunduz tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun shifokor xizmat uylari tashkil etilgan.

Sobiq O’zbekiston QVP negizida 88-sonli oilaviy poliklinika tarkibida shifokor xizmat uyiga aylantirilgan. Ushbu shifokor xizmat uyi hozirgi kunda bir nafar shifokor mutaxassisi bilan ta’minlangan bo‘lib, tor soha mutaxassislariga ehtiyoj sezilganda 88-sonli oilaviy poliklinikasidagi tor soha mutaxassislariga murojaat etilishi tashkillangan. Bu bilan tuman markaziy shifoxonasi va markaziy poliklinikasi mutaxassislariga qatnovni oldini olish nazarda tutilgan. Shifokor mutaxassisning yetishmovchiligi tuman miqyosida o‘z yechimini topmayotgan muammolardan biri hisoblanadi. Lekin, O’zbekiston shifokor xizmat uyiga hozirgi pandemiya sharoitida karantin qodilarini saqlash, bemorlarning uzoq vaqt navbatda turishlarini oldini olish maqsadida 88-sonli oilaviy poliklinikasidan bir nafar oilaviy shifokorni ayni bemorlar soni ortgan vaqtlar uchun (soat 08:00 dan 11:00 ga qadar) jalb qilish choralari ko‘rilgan.

Ushbu muassasani qayta qishloq vrachlik punkti maqomi ostida tiklash masalasida vertikal tizim orqali yuqori turuvchi davlat organlariga takliflar yuborilgan.

        O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12-noyabr kunidagi PF-6110-sonli Farmoniga ko‘ra 2021-2023 yillarda maqbullashtirilgan birlamchi tibbiy sanitariya muassasalari negizida oilaviy poliklinika va oilaviy shifokor punktlari qaytadan tashkil etilishi belgilangan. Ushbu Farmonga asosan tuman hokimligi mahalliy byudjet hisobidan 799.0 mln so‘m mablag‘ hisobidan 2021 yil davomida Loyson oilaviy shifokor punkti yangitdan qayta tashkil etildi. Shuningdek, sobiq Sarmazor QVP negizida yangi 96-sonli oilaviy poliklinika qayta tiklandi.  

Hozirgi vaqtda ushbu muassasa haqiqatdan ham ta’mirga muhtojligini inobatga olib, joriy ta’mirlash chora-tadbirlari ishlab chiqildi hamda pudratchi tashkilot bilan ta’mirlash ishlari yuzasidan kelishilganligini ma’lum qilamiz.”

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram