Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 250 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPADA LOYIHA QIYMATI 115 MILLION YEVRO BO’LGAN, QARIYB 3000 TA ISH O’RNIGA EGA YIRIK TEKSTIL-TO’QIMACHILIK KORXONASI BARPO ETILMOQDA

×

 2021-12-03 08:40:44    119

PDF yuklash
Chop etish



Aholi daromadlarini ko‘paytirish, turmush sharoitlarini yaxshilashda ish o‘rinlarini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Qo‘shtepa tumanida bu borada yirik investitsion loyiha amalga oshirilmoqda. "Global Textile Infinity" MChJ tomonidan barpo etilayotgan tekstil-to‘qimachilik korxonasi ish boshlasa, qariyb 3000 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.



Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tumandagi o‘rganishlari davomida Nurafshon MFYda qad rostlayotgan ushbu yirik korxonada bo‘lib, bu yerdagi qurilish jarayonlari bilan tanishdi.




Jami 115 million yevro investitsiya hisobiga amalga oshirilayotgan ushbu loyihaning 67 million yevro qismi xorijiy sarmoya bo‘lsa, 48 million yevro korxonaning o‘z mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi. Korxonada kalava ip va sifatli mato, tayyor mahsulotlar tayyorlanadi. Yiliga 65 million yevro eksport qilish salohiyatiga ega. Korxona direktori Otabek Nishanov viloyat rahbariga bular xususida atroflicha ma’lumot berdi.




Mahalla nuroniylari esa viloyat hokimi bilan samimiy muloqotda hududdagi ushbu manzilda shunday yirik korxona qurilishidan, mahalliy aholi uchun ish o‘rinlari yaratilishidan mamnun ekanliklarini izhor etdilar. Boshlangan ishlar xayrli, barakali bo‘lishini, uzoq yillar yurt rivojiga hissa qo‘shishligini so‘rab duoi-fotiha qilindi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram