Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 205 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

#TASHRIF

×

 2021-12-03 08:33:44    119

PDF yuklash
Chop etish



Viloyat hokimi Qo‘shtepa tumanida barpo etilgan gidroponika usulidagi issiqxona va amalga oshirilayotgan boshqa investitsiya loyihalari bilan tanishdi

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun viloyat sektorlari rahbarlari hamrohligida Qo‘shtepa tumanida bo‘lib, tuman mahallalarida olib borilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish tadbirlari, ish o‘rinlari yaratilayotgan yangi korxonalar faoliyati, muhim qarorlar ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar borasida o‘rganish olib bordi.




Viloyat hokimi dastlab “Xumdon” mahallasida joylashgan “Zero fax” MJChga qarashli zamonaviy gidroponika usulidagi issiqxonani ko‘zdan kechirdi. Tadbirkor Ulug‘bek Rahimjonov tashabbusi bilan 1 gektar maydonda barpo etilgan issiqxonada pushti pomidor yetishtirilmoqda. Dekabr oyi oxiri yanvar oyi boshida pomidor hosili yig‘ib olinadi. Kelgusi yil boshida 40 tonna pomidor hosili yig‘ib olish rejalashtirilgan bo‘lib, mahsulotlar qo‘shni Qirg‘iziston, Tojikiston davlatlariga eksport qilinishi ko‘zda tutilgan. 




Issiqxona loyihasining umumiy qiymati 600 ming AQSh dollariga teng. Shundan 150 ming dollari tadbirkor hissasiga, qolgan summa xorijiy kredit hisobiga to‘g‘ri keladi. Loyiha quvvati 50 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyatiga ega ob’ektda o‘nlab yangi ish o‘rni yaratildi. Viloyat rahbari gidroponika usulidagi issiqxona imkoniyatlarini yanada kengaytirish masalasida o‘z takliflarini berdi.




Shu joyda "Target max" MChJ tomonidan shurup va samorez ishlab chiqarish korxonasi qurilishi jarayonlari ham ko‘zdan kechirildi. 80 sotix maydonda barpo etilayotgan loyihani amalga oshirish uchun 22 mlrd. so‘m mablag‘ sarflanmoqda. Loyihaning ishga tushishi natijasida 45 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Hozirda ushbu korxona ishlab chiqarish binosi qurilish ishlari jadal olib borilmoqda, ofis binosi qurib bitkazilib, binoning ichki qismini pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Viloyat rahbari “Istiqbol” kichik sanoat zonasida joylashgan yana bir loyiha – “Turon Umar Teks” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan to‘quvchilik va tikuvchilik faoliyatini tashkil etish loyihasining borishi bilan tanishdi. 700 ming AQSh dollari qiymatiga ega loyihaning 350 ming AQSh dollari tadbirkorning o‘z mablag‘i bo‘lsa, qolgan qismi bank kreditidan iborat. Yillik 8,7 mlrd. so‘mlik sochiq ishlab chiqarish quvvatiga ega loyiha foydalanishga topshirilsa, 50 nafar qo‘shtepaliklar uchun yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Mazkur ishlab chiqarish korxonasini 2022 yilning aprel oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram