Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 250 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AHOLINI RO’YXATGA OLISH – UZOQ MUDDATLI VA KENG QAMROVLI JARAYONDIR

×

 2021-12-02 20:27:30    105

PDF yuklash
Chop etish


  Barchamizga ma’lumki Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2015-yil 10-iyundagi “2020-yilda aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish” borasidagi dasturi doirasida aholini va uy-joy fondini ro‘yxatga olish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5655-sonli Farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-sonli “O’zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.           

Mazkur hujjatlarga asosan respublikamizda 2023-yilda aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi.

Aholini ro‘yxatga olish uzoq muddatli va keng qamrovli jarayondir. Unda aholi sonining aniq hisoblab chiqilishi, hisobga olish davrida aholining jinsi, yoshi, millati, oilaviy ahvoli, ma’lumoti, fuqaroligi, hayot darajasi, yashash sharoiti, bandligi, uy-joy fondi va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari bo‘yicha yakka tartibda hisobga olishni o‘z ichiga olgan.

Aholini ro‘yxatga olish kelgusi 10-30 yillik rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli asos bo‘lib xizmat qiladi.

Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uch bosqichda amalga oshiriladi:

Birinchi bosqichda (3 yilga yaqin davrda) siyosiy tadbirga tayyorgarlik ko‘riladi;

Ikkinchi bosqich (10 kundan 60 kungacha bo‘lgan davrda) bevosita aholini ro‘yxatga olish jarayoni amalga oshiriladi;

Uchinchi bosqich (2 yildan 3 yilgacha bo‘lgan davrda) aholini ro‘yxatga olishga doir birlamchi ma’lumotlarni to‘plash, uni avtomatlashtirilgan tizimda qayta ishlashga tayyorlash, aholini ro‘yxatga olishga doir dastlabki natijalarni e’lon qilish va tarqatish.

 Hukumat qarori mazmun-mohiyati va maqsadini keng targ‘ib qilish va rejalashtirilgan ishlarni tizimli amalga oshirishda viloyat, shahar va tuman hokimliklari, joylardagi statistika bo‘limlari xodimlari hamkorligida o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda.

   Tuman statistika bo‘limi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram