Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 245 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

# ADABIYOT_ KUNLARI

×

 2021-12-02 20:19:50    120

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tuman hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman Xalq ta’limi bo‘limi, tuman Madaniyat bo‘limi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi tomonidan viloyat hokimining farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Adabiyot kunlari” tadbirlari asosida joriy yilning 2-dekabr kuni Tuman Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari o‘rtasida “Mahoratli notiq” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Tanlov ishtirokchilari 3 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha, ayniqsa rahbar xodimlarni nutq madaniyatini oshirish borasida alohida yo‘nalish bo‘yicha bellashdilar. 




Tanlovda, tuman Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Shukurullo Akbarov 1-o‘rinni, 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Ulug‘bek Po‘latov 2-o‘rinni hamda 48-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Oydinxon Fozilovalar 3-o‘rinni egalladilar.

Tanlov ishtirokchilariga tuman hokimligining diplom, tashakkurnoma, kitoblar jamlanmasi hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.



Ko‘rik-tanlovda viloyat hokimining maslahatchisi S.Tongotarova hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari o‘rinbosari Sh. To‘ychiyev ishtirok etdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram