Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 188 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANIDAGI 10-UMUMIY O’RTA TA'LIM MAKTABI QAYTA TA'MIRDAN SO’NG ZAMONAVIY QIYOFADA

×

 2021-12-02 20:00:57    511

PDF yuklash
Chop etish



Do‘rmon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan mazkur maktabda “Obod qishloq” dasturi doirasida bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi va 3 milliard 800 million so‘mga kapital ta’mirdan chiqarildi.

 “Muhammad Umar building” ma’suliyati cheklangan jamiyati tomonidan zamon talabi asosida did bilan ta’mirlangan maktab nafaqat o‘quvchilar, balki ota-onalar quvonchiga ham sabab bo‘ldi.




10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1972-1986 yillarda qurib bitkazilgan bo‘lib, 840 o‘ringa mo‘ljallangan. Maktab 2005-yilda kapital ta’mirdan chiqarilgan edi. Prizidentimizning mahalla va qishloqlarga qaratgan e’tibori natijasida ta’mirdan so‘ng yangi qiyofaga ega bo‘ldi. Maktab endilikda zamon talablariga javob beradigan, butunlay yangi ko‘rinishga keldi. Unda bugungi kunda 1157 nafar o‘quvchi yoshlar bilim olmoqda.


O’qish sifatini oshirish, maktabni nafaqat tumanda, balki, viloyatda, respublikada eng ilg‘or maktablardan biriga aylantirishni reja qilgan maktab jamoasi bunday e’tibor uchun shaxsan Prezidentimizdan minnatdor ekanliklarini qayta va qayta izhor qilishmoqda.




Maktabda bo‘lib o‘tgan bugungi tadbir chinakamiga bayramga aylanib ketdi. Sektor rahbarlari, tuman xalq ta’limi bo‘limi, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari, ustoz muallimlar, o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari jamul-jam bo‘lgan tantanali marosimda Qo‘shtepa tumani hokimi I.Novikov mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh o‘g‘il-qizlarni har tomonlama sog‘lom, barkamol etib tarbiyalash borasida davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor eng avvalo, Prezidentimiz orzu qilgan Uchinchi Renessans davri poydevorlarini kamol toptirishga qaratilganligini ta’kidladi.






Tadbir davomida maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etilib, “Muhammad Umar building” ma’suliyati cheklangan jamiyatining ishchi xodimlariga tuman hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram