Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 249 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-11-30 18:53:45    144

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo‘shtepa tumanida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Fergana Global textile” mas’uliyati cheklangan jamiyatida “2022 yil hosili uchun kuzgi va qishki irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini o‘tkazish, “Dala madaniyati” jumladan, ichki-ariq zovurlarni tayyorlash, sho‘r yuvishga yer tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini tizimli tashkil etish hamda sifatli bajarilishini ta’minlash” yuzasidan o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Unda Farg‘ona viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Tursunov, Katta Farg‘ona magistral kanali boshlig‘i A.Tojaliyev, shuningdek, sektor rahbarlari, tumandagi qishloq xo‘jaligi tashkilotlari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.

Seminar davomida viloyat hokimining o‘rinbosari A.Tursunov hamda tuman hokimi I.Novikovlar tomonidan kelgusi yil hosilini oshirishda muhim vazifalardan bo‘lgan sho‘r yuvish ishlarini sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.




26-umumta’lim maktabida bo‘lgan tuman hokimi muassasada tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi. Bundan tashqari massasada ota-onalar ishtirokida “Men farzandimga kitob sovg‘a qilaman” shiori ostida o‘tkazilayotgan kitob savdo yarmarkasi bilan tanishildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, bitiruvchilarni oliy-ta’lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo‘shimcha fan to‘garaklari foliyatini ko‘paytishish hamda kitob savdo yarmarkalarini barcha muassasalarda tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



16-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti filialida bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Qorajiyda” qishloq vrachlik punktining Yangiobod qishlog‘ida joylashgan shaxobchasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaktsina bilan emlash hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.



Tuman rahbari Mahalla fuqarolar yig‘inlarida tashkil etilayogan Yoshlar ishlari agentligining vakili lavozimlariga saralangan nomzodlar malakasini oshirish maqsadida tuman Yoshlar markazida tashkil etilgan o‘quv seminar jarayoni bilan tanishdi. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram