Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 246 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’QUVCHILAR MATBUOT KOTIBI BILAN UCHRASHDI

×

 2021-11-29 14:58:52    179

PDF yuklash
Chop etish



Bugun aholini, keng jamoatchilikni mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni, bunyodkorlik ishlari bilan tanishtirishda, xolis va haqqoniy axborot etkazishda ommaviy axborot vositalari va axborot xizmatlari vakillarining o‘rni beqiyos bo‘lmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan davlat hokimiyati boshqaruv organlari tizimida tashkil qilingan Axborot xizmatlari bugun tezkorliklari va faolliklari bilan bu borada ularga bildirilgan ishonchni oqlamoqda desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.




Qo‘shtepa tumanidagi 5 va 19-umumiy o‘rta ta’lim maktablarining jurnalistika kasbiga qiziqqan ijodkor o‘quvchilari tuman hokimligi Axborot xizmati faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Ijodiy madaniy targ‘ibotchilarning tashabbusi bilan 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan ushbu tadbirda jurnalistikaga va ijodga qiziqqan o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. 




Shuningdek, tadbir davomida maktab o‘quvchilari A.Jahongirov, M.Isroilov, O.Sotvoldiyeva, M.Ibrohimjonova, H.Xudoberdiyevalar o‘zlari yozgan turli mavzudagi she’rlarini o‘qib berdilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram