Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI O’TKAZILDI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/51c97bc9be26ba7e2f135.jpg)
2021-11-29 13:35:32 116
![](https://telegra.ph/file/51c97bc9be26ba7e2f135.jpg)
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni faol qo‘llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag‘batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar hamda xorijiy investorlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida Qo‘shtepa tumani hokimi I.Novikov tomonidan an’anaviy tarzda haftaning har dushanba kuni “Tadbirkorlar qabuli” o‘tkazib kelinmoqda.
![](https://telegra.ph/file/cefcbfd47146728846e8a.jpg)
![](https://telegra.ph/file/1e0506633e11e3f8dc8e8.jpg)
Bugun, Qo‘shtepa tumanidagi O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasida navbatdagi tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi. Qabulda ishtirok etgan tadbirkorlarning murojaatlari tuman rahbari tomonidan birma-bir tinglandi.
![](https://telegra.ph/file/2eb1349e5e2fdbdf5e69d.jpg)
Qabul davomida ishtirok etgan 8 nafar tadbirkorning murojaatlarini hal etish yuzasidan soha mutasaddilariga aniq vazifalar yuklatildi.