Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 248 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-11-27 20:11:08    146

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida tumanda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari hamda aholi xonadonlarida tok ko‘chatlari ekish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.



31-umumta’lim maktabida tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi. Mas’ul rahbarlarga kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo‘shimcha fan to‘garaklari foliyatini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.



Tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 42-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti filialida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman rahbari tadbirkor I.Yo‘lchiyev tomonidan Paxtakor mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilgan tikuvchilik tsexi faoliyati bilan tanishib, tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflarini berdi.



“Texmashservis” mas’uliyati cheklangan jamiyatida Farg‘ona viloyati prokurori B.Ismoilov rahbarligida tumandagi sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligi tashkilotlari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don maydonlarida olib borilayotgan kuzgi agrotexnika tadbirlarining bajarilishi, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, kuzgi shudgorlash, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida dala chetlariga tut ko‘chatlari ekish hamda chigit ekish seyalkalari va tishli boronalarni mavsumga tayyorlash yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Viloyat prokurori B.Ismoilov tomonidan sektor rahbarlari hamda mas’ullarga olib borilayotgan ishlarini tizimli amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram