Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO’SHTEPA TUMANI O’QUV SPORT TEXNIKA KLUBI FAOLIYATIDAN
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/a68b7a8c2ee3672be279a.jpg)
2021-11-22 12:52:05 130
![](https://telegra.ph/file/a68b7a8c2ee3672be279a.jpg)
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirish maqsadida Qo‘shtepa tumani O’STK tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida 17 marotaba sport tadbirlari o‘tkazilib, unda 400 nafarga yaqin sportchi yoshlar ishtirok etishdi.
Shuningdek, V toifaga 275 nafar, VS toifaga 198 nafar haydovchilikka nomzodlar tayyorlandi.
Tumanimizdagi 4 ta sektor rahbarlari va hamkor tashkilotlarning tashabbusi bilan yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish maqsadida 1-bosqich haydovchilik kursida “Yoshlar daftari”da turgan 78 nafar yoshlar o‘qitilmoqda.
![](https://telegra.ph/file/a9038113adeabf73b3d98.jpg)
![](https://telegra.ph/file/59b18de21414179974dbb.jpg)
2-bosqichda esa elektr-gaz payvandchilik hunariga 13 nafar, 3-bosqichda traktorchilik kasbiga 2 nafar yoshlar o‘qitilmoqda.
Vatanparvar tashkilotida o‘q otish, biatlon va duatlon sport to‘garaklari faoliyat olib bormoqda. Ushbu to‘garaklarda 30 nafardan ortiq yoshlarimiz muntazam ravishda shug‘ullanib kelmoqdalar.