Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TADBIRKOR XOTIN-QIZLAR SAFI KENGAYMOQDA
2021-11-11 13:14:14 162
Qo‘shtepa tumanida tadbirkor, hunarmand va kasanachi xotin-qizlar, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan ayollar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, kun sayin ularning safi tobora kengayib bormoqda.
“Xumdon” mahallasida yashovchi Sayyoraxon Odilova tikuvchilikka qiziqar edi. U tijorat bankidan ajratilgan 16 million so‘mlik imtiyozli kredit evaziga 3 ta zamonaviy tikuv mashinasi xarid qildi. Shu tariqa o‘z yumushini yengillatib, asta-sekin daromadini ko‘paytira boshladi. Yoniga 5 nafar ishsiz mahalladosh ayollarni ham olib, bugun chaqaloqlardan tortib yoshi katta ayolu-erkaklar kiyimlarini tikyapti.
– “Hunarmand” uyushmasining Qo‘shtepa tumani bo‘limga a’zo bo‘lgach, faoliyatimda tubdan o‘zgarish bo‘ldi, – deydi Sayyoraxon Odilova. – O’zimni eski “qora” tikuv mashinalarim bor edi. Hozirda ularni yoniga yangilarini qo‘shdik. Qo‘shnilarim bilan birga turli xaridorgir kiyim-kechaklar, kelinlik va ayollar liboslari tikib, bozorlarga yetkazib bermoqdamiz. Bundan tashqari aholi buyurtmalari asosida ham tikuvchilik mahsulotlari tayyorlayapmiz.
Hozirda Sayyoraxon va uning shogirdlari buyurtma asosida qishki ish kiyimi tikishayotgan ekan. Tikuvchilikka qo‘li kelib qolgan 5 ta shogird tikkaniga yarasha maosh ham olishib, tayyorlanayotgan mahsulotlarning chiroyi va sifatli bo‘lishini ta’minlashyapti.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.