Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 204 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-10-30 20:43:12    127

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun 16-umumta'lim maktabida bo’lib, muassasada tahsil olayotgan o’quvchilar bilan suhbatlashdi. Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham o’rganildi. Mas'ul rahbarlarga kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish hamda bitiruvchilarni oliy-ta'lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo’shimcha fan to’garaklari foliyatini ta'minlash bo’yicha tegishli topshiriqlar berildi.


19-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida olib borilgan qurilish-ta'mirlash ishlari o’rganilib, mas'ul rahbarlarga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 88-sonli qishloq oilaviy poliklinikasida aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganilib, mas'ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Tadbirkor A.Tojiboyev tomonidan Garmdon mahalla fuqarolar yig’ini hududida tashkil etilgan bahmal matosi ishlab chiqarish tsexi faoliyati bilan tanishgan tuman rahbari tomonidan tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflar berildi.


Shomirza mahalla fuqarolar yig’inida “Temir daftar”da turuvchi X.Abdullayevaning xomiylar tomonidan yangidan qurib bitkazilgan uy-joylarini foydalanishga topshirish maqsadida tadbir o’tkazildi. Tadbirda tuman hokimi ishtirok etib, xonadon egalarini yangi uy-joylar bilan tabriklab, tuman hokimligining esdalik sovg’alarini topshirdi.


Tuman hokimi hamda sektor rahbarlari tuman markazida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdilar. Mas'ul rahbarlarga tuman markazida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Tumanda “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutloqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari” yuzasidan mas'ul rahbarlar ishtirokida yig’ilish o’tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga aholi murojaatlari bilan ishlashda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan tizim asosida har-bir murojaatda ko’tarilgan muammolarni manzilli o’rganish va ijobiy hal etish bo’yicha chora-tadbirlar belgilash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Shuningdek, tumandagi qishloq xo’jaligi tashkilotlari va fermer xo’jaliklari rahbarlari ishtirokida 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan paxta hosilini yig’ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun boshoqli don ekish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan dala sharoitida yig’ilish o’tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga paxta hosilini yig’ib-terib olish hamda boshoqli don ekish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram