Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“DO’PPI CHELLENDJ”I BOSHLANDI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/8b6a70da0c4fff946fc9c.jpg)
2021-10-28 20:26:19 263
![](https://telegra.ph/file/8b6a70da0c4fff946fc9c.jpg)
Qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ular o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, kiyinish va muomala madaniyatini tartibga solish, ularni mustaqil hayotga tayyorlash, jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta'minlashga ko’maklashish maqsadida tuman hokimligi, Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi hamda Qo’shtepa tumanidagi bir qator tashkilotlar hamkorligida 14-umumiy o’rta ta'lim maktabida “O’zbek ayoli-millat timsoli” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
![](https://telegra.ph/file/82e0d642060ca75c3cf55.jpg)
![](https://telegra.ph/file/5093f17b78aac4bc08f01.jpg)
Unda mutasaddi idora rahbarlari, tumandagi lider ayollar hamda 6, 14 va 35-maktablarning bitiruvchi sinf o’quvchi qizlari ishtirok etdilar.
![](https://telegra.ph/file/2c5d1fbec0a7bcc16dee5.jpg)
Davra suhbatini tuman hokimining Xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi M.Mo’ydinova ochib, o’zbek ayolining millat timsoli ekanligi to’g’risida so’z yuritdi.
Tadbir davomida soha mutaxassislarining Davlatimiz tomonidan yoshlarni ayniqsa, qizlarni qo’llab-quvvatlab chiqarilayotgan qonunlar va qonunosti xujjatlari hamda ularning ahamiyati, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, reproduktiv salomatligini mustahkamlash, erta va yaqin qarindoshlar o’rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari, aholi ayniqsa qizlar o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, sportning qizlarni aqliy va jismoniy rivojlanishidagi ahamiyati to’g’risidagi ma'ruzalari tinglandi.
Davra suhbatida tuman IIB Xotin-qizlar bilan ishlash bo’yicha katta inspektori D.Vaxobova, “Dehqon bozori” MChJ rahbari D.Yusupova, 7-umumta'lim maktabi direktori D.Olimova hamda tuman bosh otinoyisi M.O’rmonovalarning shaxsiy namuna va maslahatlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. O’z navbatida ishtirokchilar ham fikr va mulohazalarini bildirib o’tdilar.
![](https://telegra.ph/file/e54df1737872e47556cd0.jpg)
![](https://telegra.ph/file/24234b62ea938e21a2150.jpg)
![](https://telegra.ph/file/625a914a37f9468bf1c49.jpg)
Tadbir davomida 14- umumiy o’rta ta'lim maktabi o’quvchi qizlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar ham namoyish etildi. Shuningdek, o’zbek milliy do’ppilari hamda qizlarimizning kiyinish madaniyati haqida so’z bordi. Yoshlar o’rtasida milliy do’ppilarimizni targ’ibot qilish maqsadida ushbu davra suhbatida “Do’ppi chellendj”i boshlab berildi.
![](https://telegra.ph/file/7c00d747b7b8907a8b598.jpg)
![](https://telegra.ph/file/76766b29933e1ff4bdebf.jpg)
Tadbir ishtirokchilariga xomiylar tomonidan tayyorlangan milliy do’ppi va adras galustuklar tarqatildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.