Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TADBIRKOR QABULI - MUAMMOGA YECHIM TOPISH UCHUN SAMARALI USUL
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/50fb13ded095e6cc1a88a.jpg)
2021-10-04 11:23:29 175
![](https://telegra.ph/file/50fb13ded095e6cc1a88a.jpg)
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni faol qo’llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag’batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar hamda xorijiy investorlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov tomonidan an'anaviy tarzda haftaning har dushanba kuni “Tadbirkorlar qabuli” o’tkazib kelinmoqda.
![](https://telegra.ph/file/ab060325bcd84a454ba2d.jpg)
Bugun, Qo’shtepa tumanidagi O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasida navbatdagi tadbirkorlar qabuli o’tkazildi.
![](https://telegra.ph/file/fb59ebc24038b0f6e8839.jpg)
![](https://telegra.ph/file/74d4c21533caf63e36b33.jpg)
Qabulda 7 nafar fuqarolar tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish uchun imtiyozli kredit olish, davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy bolalar bog’chasi ochish va elektr ta'minoti masalasida ishtirok etishdi.
![](https://telegra.ph/file/d9058b231a120aa113fe4.jpg)
![](https://telegra.ph/file/4b341e01daf82c4938967.jpg)
Tadbirkorlarning murojaatlari tuman rahbari tomonidan birma-bir tinglanib, masalalarni hal etish yuzasidan soha mutasaddilariga aniq vazifalar yuklatildi. Murojaatlar ijrosi tuman hokimligi tomonidan nazoratga olindi.
Davlatimiz rahbarining “Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni ijrosini ta'minlashga qaratilgan bu kabi tadbirlar tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni o’rganish va ularga huquqiy va amaliy yordam berishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatli bo’lmoqda.
Qo’shtepa tumani hokimligi