Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TARG’IBOT TADBIRLARI DEHQON BOZORIDA DAVOM ETDI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/32e9d32a4142b0d509a14.jpg)
2021-09-09 22:45:26 108
![](https://telegra.ph/file/32e9d32a4142b0d509a14.jpg)
Qo’shtepa tumani hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi M.Mo’ydinova tumanimizdagi xotin-qizlar jamoatchilik kengashi hamda xotin-qizlar targ’ibot guruhi vakillari bilan hamkorlikda dehqon bozorida savdo-sotiq faoliyati bilan shug’ullanayotgan xotin-qizlar bilan suhbat o’tkazib, ularga yaratilgan shart-sharoitlar va qulayliklar bilan tanishdilar. Tadbirkor ayollarimizga tadbirkorlikni qo’llab- quvvatlash maqsadida belgilangan imtiyoz va imkoniyatlar, xotin-qizlarning kiyinishi, muomala hamda savdo madaniyati haqida tushunchalar berildi.
![](https://telegra.ph/file/275f42653eeab84d1e0bd.jpg)
![](https://telegra.ph/file/882129ad0e157f80888c8.jpg)
Qolaversa, voyaga yetmagan maktabdan bo’sh vaqtida ota-onasi bilan savdo qilayotgan qizlar va ularning ota-onalari bilan ta'lim to’g’risidagi qonun talablari, ota-onaning farzandlari oldidagi burch va majburiyatlari haqida profilaktik suhbat o’tkazildi. Bunday ota-onalar va ular ta'lim oladigan o’quv muassasalari ogohlantirildi.
![](https://telegra.ph/file/42890659e0ff53ffce4e6.jpg)
Shuningdek, mahalla targ’ibot guruhi a'zolari tomanidan ham mahallalarda, xonadonlarda o’quv muassasalarida targ’ibot tadbirlari o’tkazildi. Bundan ko’zlangan maqsad xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligi, huquqiy savodxonligini oshirish, kiyinish va muomala madaniyatini tartibga solishdan iboratdir.
Qo’shtepa tumani hokimligi