Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 263 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA 

×

 2021-09-08 20:29:48    211

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov rahbarligida “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari” yuzasidan mas'ul rahbarlar ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga aholi murojaatlari bilan ishlashda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan tizim asosida har-bir murojaatda ko’tarilgan muammolarni manzilli o’rganish va ijobiy hal etish bo’yicha chora-tadbirlar belgilash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Do’rmon mahalla fuqarolar yig’inini qizil hududdan chiqarish yuzasidan “Mahallabay” tizimi asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi muammolarini aniqlash maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan hududda o’tkazilayotgan o’rganishlar natijasida aniqlangan muammolarni ijobiy hal etish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda obodonlashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham o’rganildi. Kelgusidagi muhim vazifalar yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman rahbari Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 10-umumta'lim maktabida “Obod qishloq” Dasturi asosida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari, muassasada O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga hamda yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Muassasada mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


27-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida “Investitsiya” Dasturi asosida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlarini o’rgangan tuman hokimi mutasaddi rahbarlarga qurilish-ta'mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.


Sektor rahbari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bandligini ta'minlash va ularni tadbikorlikka yo’naltirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Ushbu sohada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Shomirza mahalla fuqarolar yig’ini hududida tashkil etilayogan “Kichik sanoat zonasi”da amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan I.Novikov bu yerda yangi tashkil etilayotgan sanoat korxonalari loyihalarini qisqa muddatlarda ishga tushirish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi.


Tuman hokimi I.Novikov va 3-sektor rahbari S.Abdullayevlar Shahartepa mahalla fuqarolar yig’ini, Shahartepa ko’chasi 25-uyda yashovchi “Temir daftar” va “Ayollar daftari”da turuvchi B.Zokirovaning xonadonida bo’lib, oilaning yashash uyida homiylar tomonidan olib borilayotgan qurilish va ta'mirlash ishlari bilan tanishdilar. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga xonadonda olib borilayotgan qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram