Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 214 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2021-08-31 22:33:56    122

PDF yuklash
Chop etish



Joriy yilning 29 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali tanqidiy video murojaat e'lon qilingan edi.

Ushbu murojaatda: “Farg’ona viloyati Qo’shtepa tumani Do’rmon MFYda 2 oydan beri suv yo’q. Holbuki, to’lovlarni vaqtida to’layapmiz. Loyqa kanal suvini ichishga majbur bo’lyapmiz. Mutasaddilardan amaliy harakat kutib qolamiz” – deya shikoyat qilingan.

Qo’shtepa tumani, Do’rmon mahallasidan yo’llangan ushbu murojaat yuzasidan “Farg’ona suv ta'minoti” mas'uliyati cheklangan jamiyati Qo’shtepa tumani filiali shuni ma'lum qiladi:

“Do’rmon MFY hududidagi mavjud ichimlik suvi qudug’i yer osti suvlari qochganligi tufayli debiti pasaygan. Joriy yilda obod qishloq dasturi asosida olib borilgan qurilish ishlari natijasida eskirgan suv quvurlarida nosozliklar yuzaga kelgan va ichimlik suvi ta'minotida uzilishlar kuzatildi. Bugungi kunda nosozliklar ta'mirlanib, ichimlik suvi ta'minoti yaxshilandi.”

Qo’shtepa tumani hokimligi  


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram