Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 160 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“E-EKSPERTIZA” YAGONA ELEKTRON AXBOROT TIZIMI ISHGA TUSHIRILADI

×

 2021-08-31 22:16:25    117

PDF yuklash
Chop etish


“O’zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi

Farmon bilan O’zbekistonda sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021–2025 yillarga mo’ljallangan kontseptsiyasi hamda kontseptsiya bo’yicha 2021–2023 yillarda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan “yo’l xaritasi” tasdiqlandi.

Farmonga ko’ra, Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi tuzilmasida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.

Institut sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi.

2021 yil 1 sentyabrdan:

➖ davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq, sud ekspertizasi turlari bo’yicha tadqiqot o’tkazish huquqi beriladi;

➖ iqtisodiy, fuqarolik va ma'muriy ish yuritishda advokatga sud-ekspertiza tashkilotlarida shartnoma asosida advokat so’roviga ko’ra ekspertiza o’tkazish tashabbusi bilan chiqishga ruxsat beriladi;

➖ nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari ekspertlarini har 3 yilda bir marotaba attestatsiyadan o’tkazish mexanizmi joriy qilinadi.

➖ 2022 yil 1 martdan aholiga va vakolatli organlarga sud-ekspertlik faoliyatiga doir ma'lumotlarni yetkazish va axborot hamkorligining barcha turlarini ta'minlash uchun mo’ljallangan “E-ekspertiza” yagona elektron axborot tizimi ishga tushiriladi.

Shuningdek, sohada kadrlarni tayyorlash OTMlarida dual ta'lim printsipiga muvofiq, kamida 6 oylik ekspertlar tayyorlash kurslarida amalga oshirilishi mumkin

Farmon bilan shuningdek, 2021–2025 yillarda joriy etiladigan ekspertiza va tadqiqot turlari ro’yxati (16 ta) tasdiqlandi.

Avazjon ERGAShEV,

jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shtepa tuman sudining raisi

 



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram