Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TADBIRKOR QABULI - MUAMMOGA YECHIM TOPISH UCHUN SAMARALI USUL
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/6206675a7afe4800bccb3.jpg)
2021-08-30 14:27:09 175
![](https://telegra.ph/file/6206675a7afe4800bccb3.jpg)
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni faol qo’llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag’batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar hamda xorijiy investorlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov tomonidan an'anaviy tarzda haftaning har dushanba kuni “Tadbirkorlar qabuli” o’tkazib kelinmoqda.
![](https://telegra.ph/file/f841bd3db1286c0485d78.jpg)
![](https://telegra.ph/file/30f9bd3b79bb9017fea45.jpg)
![](https://telegra.ph/file/3f8c13c0e7905d706658b.jpg)
Bugun, Qo’shtepa tumanidagi O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasida navbatdagi tadbirkorlar qabuli o’tkazildi. Qabulda ishtirok etgan tadbirkorlarning murojaatlari tuman rahbari tomonidan birma-bir tinglanib, masalalarni hal etish yuzasidan soha mutasaddilariga aniq vazifalar yuklatildi. Murojaatlar ijrosi tuman hokimligi tomonidan nazoratga olindi.
![](https://telegra.ph/file/2b85ecba47f1b0338ea46.jpg)
![](https://telegra.ph/file/2daf0d7b96499562e5da7.jpg)
Davlatimiz rahbarining “Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni ijrosini ta'minlashga qaratilgan bu kabi tadbirlar tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni o’rganish va ularga huquqiy va amaliy yordam berishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatli bo’lmoqda.
Qo’shtepa tumani hokimligi