Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“XALQ QABUL KUNI” TASHKIL ETILDI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/544fe320fc4edf4096bfc.jpg)
2021-08-29 15:17:59 128
![](https://telegra.ph/file/544fe320fc4edf4096bfc.jpg)
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri Sh.Shermatovning tashabbusi bilan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tizimiga yanada e'tibor kuchaytirilmoqda.
Shu munosabat bilan Qo’shtepa tumani xalq ta'limi bo’limi mudiri Z.Tojiboyev tumandagi 37-umumiy o’rta ta'lim maktabida “Xalq qabul kuni” munosabati bilan qabul o’tkazdi.
Ushbu tadbirda tizimdagi pedagoglar, kuzatuv kengashi a'zolari ota-onalarning murojaatlari tinglandi.
Turli masalalardan iborat fuqarolar murojaatlarini tegishli soha vakillari, tashkiliy ishchi guruhlar bilan birgalikda joyida ijobiy hal etilishida qonun talablariga asoslandi. Ta'lim tizimidagi barcha yangiliklar hamda islohotlar aholiga yetkazilib, tushuntirish ishlari olib borildi.
Murojaatlar asosan 1-sinfga qabul, maktab formasi hamda ishga joylashtirish masalasida bo’ldi. Qabulda 60 dan ortiq ota-onalar hamda 30 nafar pedagoglar ishtirok etishdi.
Qo’shtepa tumani hokimligi