Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 207 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BOLAJONLARGA BAYRAM TUHFASI

×

 2021-08-28 22:07:44    129

PDF yuklash
Chop etish



Shu kunlarda o’lkamizning barcha hududlarida Mustaqilligimizning 30 yilligi keng tantana qilinmoqda. Shodu-xurramlik bilan kutib olinayotgan bu bayram qo’shtepalik bolajonlarga qo’shaloq bayram shukuhini ulashdi.


Tumanimizda bog’cha yoshidagi bolalar qamrovini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi arafasida “Namuna”, “Qorakaltak”, “Balandmasjid” hamda “Sarmazor” mahalla fuqarolar yig’inlarida yana 4 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari o’z faoliyatlarini boshladi.

Bugun ushbu oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ochilish tadbirlari bo’lib o’tdi.


Tadbirlarda tuman rahbari I.Novikov ishtirok etdi. Tuman hokimi Davlatimiz rahbari tomonidan maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish yuzasidan olib borilayotgan isloxotlarga to’xtalib, yangidan ochilayotgan muassasalar faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram