Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
NOGIRONLIGI BO’LGAN FUQAROLAR XOLIDAN XABAR OLINDI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/ca3ac3faae9171c40f0b1.jpg)
2021-08-28 21:52:55 165
![](https://telegra.ph/file/ca3ac3faae9171c40f0b1.jpg)
Insonlarga mehr va shodlik ulashib yashash har birimizga xos fazilat. Yurtimizda bayramlarda va ulug’ kunlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo’qotgan va nogironligi bo’lgan fuqarolar xolidan xabar olinib, ularning dillariga shodlik ulashish odat tusiga kirgan.
![](https://telegra.ph/file/d6e5dc14337a85c68961a.jpg)
![](https://telegra.ph/file/5aa2afca39fa05bcac028.jpg)
Xususan, Qo’shtepa tumanida ham ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlangan va nogironligi bo’lgan aholini qo’llab-quvvatlash maqsadida bir qator tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
![](https://telegra.ph/file/7bf16e167358d31d4b0e0.jpg)
![](https://telegra.ph/file/1878ad7d296b0cd5637fa.jpg)
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi bayrami munosabati bilan bugun tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlangan va nogironligi bo’lgan xonadonlarga bayram sovg’alari, oziq-ovqat mahsulotlari va nogironlik aravachalarini yetkazib berdilar.
Qo’shtepa tumani hokimligi