Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 206 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANIDA MUSTAQILLIK BAYRAMI KENG NISHONLANDI - FOTO

×

 2021-08-27 14:10:46    135

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo’shtepa tumanida mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan «Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik» shiori ostida tashkil etilgan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.


Tuman hokimi Ilyosbek Novikov O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi bilan tuman ahlini muborakbod etdi.


 Tadbirda yangragan Respublikamiz madhiyasi qalblarga g’urur bag’ishladi.



Tuman madaniyat bo’limi xodimlari o’z chiqishlari bilan bayramni boshlab berishdi.


Bayram tadbiriga O’zbekiston xalq hofizi Ilhomjon Ibrohimov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Qilichbek Tojiyev hamda Baxodir Mamajonov, Akmal Sadixonov kabi taniqli san'atkorlar ham tashrif buyurib, o’z san'atlari bilan tuman ahliga ko’tarinki ruh bag’ishladi.


Go’zal kuy-qo’shiqlardan zavq olganlar yayrab o’ynadi. Kayfiyatlari tog’dek ko’tarildi.

Bayram tantanalaridan surur tuygan tumandoshlarimiz tilida «Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik»  degan so’zlar qalb izhori yanglig’ yangrab, dillardan dillarga ko’chdi desak mubolag’a bo’lmaydi. 


Shuningdek, bayram tadbirida Qo’shtepa tumanida faoliyat yuritayotgan hunarmand va tadbirkorlar o’z mahsulotlarining ko’rgazmasi bilan ishtirok etdilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram