Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 211 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-08-26 19:49:12    127

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov tumanda “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari” yuzasidan yig’ilish o’tkazdi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga aholi murojaatlari bilan ishlashda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan tizim asosida har-bir murojaatda ko’tarilgan muammolarni manzilli o’rganish va ijobiy hal etish, tegishli chora-tadbirlar belgilash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman rahbari 4, 25 va 26-umumta'lim maktablarida tashkil etilgan saylov uchastkasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga hamda yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Muassasadagi mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


16-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’lgan tuman hokimi muassasada bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan o’zining tegishli ko’rsatmalarini berdi.

Sektor rahbari tibbiyot birlashmasiga qarashli “Qorajiyda” qishloq vrachlik punktida bo’lib, muassasada aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish hamda emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


I.Novikov “Qorajiyda” mahalla fuqarolar yig’ini hududida faoliyat ko’rsatib kelayotgan “Davri Tursun” chorvachilik fermer xo’jaligi faoliyati bilan ham tanishib, tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflarini berdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram